Maxfiylik siyosati
2026-11-01
Qanday maʼlumot yigʻamiz
Sinov darsiga murojaat: ismingiz, telefon raqamingiz, tanlagan kurs va qulay vaqt, izohingiz, daraja testi natijasi, sayt tili va reklama belgilari (UTM). Platforma akkaunti: ism, familiya, foydalanuvchi nomi, parol (faqat shifrlangan koʻrinishda), uy vazifalari javoblari va baholar, gapirish mashqlari uchun ovoz yozuvlari, platformada oʻqish vaqti.
Nima uchun
Siz bilan bogʻlanish, darslarni tashkil qilish, uy vazifalarini tekshirish va oʻqishdagi natijangizni koʻrsatish uchun. Maʼlumotlaringizni sotmaymiz va reklama uchun uchinchi shaxslarga bermaymiz.
Kim koʻradi
Murojaatlarni faqat markaz rahbariyati koʻradi. Uy vazifalari va natijalaringizni sizning oʻqituvchingiz koʻradi. IP manzilingizni murojaat bilan birga saqlamaymiz.
Maʼlumotlar qayerda saqlanadi
Sayt, maʼlumotlar bazasi, ovoz yozuvlari va ularning zaxira nusxalari Google Cloud serverlarida, Germaniyada (Frankfurt, europe-west3 hududi) saqlanadi. Serverlarga ulanish shifrlangan (HTTPS). Murojaat haqidagi qisqa xabar markazning Telegram chatiga ham yuborilishi mumkin.
Cookie va brauzer xotirasi
Sayt ishlashi uchun zarur boʻlganlari: akkauntga kirganingizda — kirish cookie fayli; brauzeringiz xotirasida — tanlagan tilingiz, mashqlardagi yutuqlaringiz, qayta-qayta chiqmasligi uchun yopilgan eslatmalar va cookie boʻyicha tanlovingiz. Ular hech kimga yuborilmaydi.
Analitika (Yandex Metrica)
Hozir saytda hech qanday analitika yoki kuzatuv xizmati ishlatilmaydi. Agar kelajakda Yandex Metrica yoqilsa, u faqat sizning roziligingiz bilan ishlaydi: bu haqda cookie xabari chiqadi va ushbu boʻlim yangilanadi. Ism va telefon raqami hech qachon analitikaga yuborilmaydi.
Huquqlaringiz
Maʼlumotlaringizni koʻrish, tuzatish yoki oʻchirishni soʻrashingiz mumkin — buning uchun markazga murojaat qiling.